G‘arb rivojlanayotgan davlatlarni o‘marishda davom etmoqda – Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, G‘arb mustamlakachilik davrida bo‘lgani kabi rivojalanyotgan mamlakatlarni o‘marishda davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv – Sputnik G‘arb rivojlanayotgan mamlakatlarga misli ko‘rilmagan bosimlar o‘tkazmoqda va mustamlakachilik davrida bo‘lgani kabi ularni talon-taroj qilishda davom etmoqda, deydi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

“Biz barcha mamlakatlar bilan aloqalarimizga asoslanadigan baholarimiz bilan o‘rtoqlashdik. Ular Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlariga G‘arbning misli ko‘rilmagan bosimini tasdiqlaydi. Aslida prezident Putin bir necha bor ta’kidlaganidek, G‘arb rivojlanayotgan qit’alarni ekspluatatsiya qilishda qanday mustamlakachilik usullarini qo‘llagan bo‘lsa, hozir ham xorijiy davlatlarni talon-taroj qilish va global ahamiyatga ega bo‘lgan resurslardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishda ushbu usullardan foydalanmoqda”, - deydi Lavrov Angola prezidenti Xuan Lourensu bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Afrika davlatlari bo‘ylab turnesi bo‘lib o‘tmoqda. Xususan vazir Janubiy Afrika Respublikasi, Esvatini va Angola davlatlariga tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.