Amerikalik jurnalist AQShning Rossiya va Germaniyaga nisbatan rejasini oshkor qildi

Germaniyada o‘tkazilgan so‘rovlar va keskinlashuv xavfiga e’tibor bermay, AQSh Berlinni Ukrainaga Leopard tanklarini yuborishga ko‘ndirdi, deydi sharhlovchi.
Sputnik
TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. AQSh Rossiya va Germaniyani urushtirib qo‘yish uchun Germaniyani Ukrainaga "Leopard" tanklarini yuborishga ko‘ndirdi. Bu haqda “Gray Zone” sharhlovchisi Aaron Mate yozmoqda.

“Germaniya jamoatchiligi fikriga zid ravishda va keskinlashuv xavfi oshishga e’tibor bermay, Vashington Berlinni Ukrainaga "Leopard" tanklarini yuborishga ko‘ndirdi. Bu "Stratfor" asoschisi Jorj Fridman 2015-yilda AQShning “azaliy manfaati” deb atagan narsaning g‘alabasi: “Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning uzilishi”, - deydi u.

Bir necha oydan buyon Ukraina G‘arbdan hujum harakatlari uchun zirhli texnikalar berishni talab qilmoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini bir necha bor ta’kidlagan.