Shavkat Mirziyoyev IHT bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi

IHT bosh kotibi O‘zbekistonning tashkilotdagi raisligini yuqori baholadi va ilgari surilgan tashabbuslar va o‘tkazilgan amaliy hamkorlikka kuchli sur’at bag‘ishlaganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi.
Xusrav Noziriy O‘zbekistonning Tashkilotga muvaffaqiyatli raisligini qayd etdi va savdo, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda ilgari surilgan muhim tashabbuslar va o‘tkazilgan tadbirlar IHT doirasidagi amaliy hamkorlikka kuchli sur’at bag‘ishlaganini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal genseka OES Xusrava Noziri
Keyingi yillarda O‘zbekistonning Tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi 70 foizga o‘sgani, qo‘shma korxona va loyihalar soni esa 5 barobarga ko‘paygani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shuningdek bosh kotib Tashkilot kotibiyati IHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida yaqindan birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.
Tashkilotning navbatdagi sammitini joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi va unga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rilmoqda, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. IHT mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma. Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. O‘zbekiston IHTga 1992-yilda qo‘shilgan.