Mirziyoyev Turkmaniston, Turkiya va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi

Meredov, Chavusho‘g‘li va Bayramov IHT tashqi ishlar vazirlari kengashi tadbirlari doirasida Toshkentga kelishgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-yanvar kuni Turkmaniston Vazirlar mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Meredov, Chavusho‘g‘li va Bayramov IHT tashqi ishlar vazirlari kengashi tadbirlari doirasida Toshkent shahrida bo‘lib turibdi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal zamestitelya Predsedatelya Kabineta Ministrov, ministra inostrannix del Turkmenistana Rashida Meredova, prebivayushego v gorode Tashkente v ramkax meropriyatiy Soveta ministrov inostrannix del OES.
Meredev bilan uchrashuvda 2022-yilning 14-15 iyul kunlaridagi Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi va 21-22 oktabr kunlaridagi Mirziyoyevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish jihatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyot, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bilan uchrashuvda esa O‘zbekiston-Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra inostrannix del Tureskoy Respubliki Mevlyuta Chavushoglu, pribivshego v nashu stranu dlya uchastiya v zasedanii Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv-chlenov Organizatsii ekonomicheskogo sotrudnichestva.
Uchrashuv avvalida Chavusho‘g‘li Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘anning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mirziyoyev oliy darajadagi muntazam va sermahsul muloqotlar ko‘p qirrali hamkorlikning jadal rivojlanishiga xizmat qilayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ko‘p tomonlama tuzilmalar, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Bayramov bilan uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zaro savdoning oshib borayotgani, avtomobillar ishlab chiqarish, paxta-to‘qimachilik va ipakchilik klasterlarini tashkil etish borasidagi kooperatsiya loyihalarining borishi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bundan tashqari, neft-gaz va kimyo sanoati bo‘yicha yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda. Qo‘shma investitsiya fondi tashkil etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra inostrannix del Azerbaydjana Djeyxuna Bayramova