"Kreml sehrgari": Putin haqidagi roman G‘arbni xavotirga soldi

Putin haqida Fransiyada chop etilgan va tez ommalashib borayotgan ijobiy mazmunli roman Amerika OAVini tashvishga soldi.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Italiyalik muallif Juliano da Empolining "Kreml sehrgari" romani o‘tgan yilda Fransiyada 430 mingdan ortiq nusxada sotildi va eng yaxshi kitoblar beshligida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Romanning bunday ommaviylashuvi darhol AQSh OAVini xavotirga soldi. "New York Times"ning Parijdagi sharhlovchisi Konstan Meyo yozishiga ko‘ra, bu kitobni o‘qiganidan so‘ng fransiyaliklarning Putinga va Ukraina mojarosiga munosabati o‘zgarishi mumkin.

"Le Mage Du Kremlin" romani muallifi Juliano da Empoli aytishiga ko‘ra, bu uning birinchi kitobi va u fantastika janrida, lekin u imkon qadar haqiqatga yaqin bo‘lishga harakat qilgan.

Romanda sodir bo‘layotgan barcha voqealar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yordamchisi nomidan aytib beriladi. Unda Putin hukumat boshiga kelgan kunidan boshlab hozirgi kunga qadar olib borayotgan tashqi va ichki siyosatining mazmuni, o‘tgan davr mobaynida bo‘lib o‘tgan ayrim voqealar talqini keltirilgan.
Xususan, muallif, 2000-yilda hukumat boshiga kelgan Putin o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘yganini: Rossiyani ichki dushmanlar va korrupsiya dan tozalash hamda uni yanchib tashlashni maqsad qilgan AQSh va G‘arb bilan qaram-qarshilikka qarshi kurashish uchun qayta oyoqqa turishi kabi siyosiy maqsadlarining sabab va asoslari tushuntirib berilgan.
"Kreml sehrgari" romani muqovasi
2022 yilning bahorida chop etilgan roman Rossiya maxsus operatsiya boshlanganidan keyin juda ommaviylashdi. Ayniqsa siyosat bilan shug‘ullanayotgan va Rossiyani yaxshiroq tushunishni istagan fransuzlar orasida. Hayratlanarlisi, Fransiyada romanlar hali ham jamoat fikrini o‘zgartirishga qodir ekan.

Fransiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Hubert Verdin roman “aql bovar qilmaydigan darajada ishonarli” bo‘lgani va uni hamma o‘qishi kerakligini aytdi. U, shuningdek, agar Makron ushbu kitobni o‘qiganida, Rossiyaga nisbatan bunday agressiv pozitsiyani egallamagan bo‘lardi, deb ta’kidladi.

Roman Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan keyin nashr etilgan va mashhur “Putinni tushunish bo‘yicha qo‘llanma”ga aylangan. Kuzatuvchi ta’kidlaganidek, kitob nashr etilgandan so‘ng da Empoli televideniyega Ukraina mojarosi bo‘yicha ekspert sifatida taklif qilina boshladi.
Fransiya bosh vaziri Elizabet Born romanni yuqori baholab, u “hozirgi xalqaro vaziyat va Ukrainadagi mojaroning aks-sadosidek aks ettirilganini” aytdi.