Bugundan Surxondaryodagi barcha maktablarda darslar an’anaviy shaklda olib boriladi

Viloyat hokimligi ma’lum qilishicha, barcha maktablarning isitish tizimidagi muammolar bartaraf etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Bugundan Surxondaryo viloyatidagi barcha maktablarda dars mashg‘ulotlari an’anaviy shaklda olib boriladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, maktablarning isitish tizimidagi muammolar bartaraf etilib, o‘quv xonalari dars mashg‘ulotlarini o‘tish uchun shay holatga keltirildi.

“Maktablarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun zarur sharoitlar to‘liq yaratilgani sababli, 24-yanvar kunidan boshlab viloyatdagi barcha maktablarda dars mashg‘ulotlari an’anaviy shaklda olib boriladi”, - deyiladi xabarda.

Elatib o‘tamiz, avvalroq viloyatdagi ayrim maktablarda isitish tizimidagi muammolar va boshqa sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlari onlayn shaklda olib borilishi ma’lum qilingan edi.