Xalqaro reyslar chiptalari narxi bir oyda 15,1 foizga oshdi

O‘zbekistonda havo transportida bir oyda mahalliy reyslar 4 foizga, xalqaro reyslar 15,1 foizga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 2022-yilning dekabr oyida O‘zbekistonda havo transportida yo‘lovchi tashish narxlari noyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 11,3 foizga oshgan. Bundan Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
2022 yilning dekabr oyida o‘tgan oyga nisbatan havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari o‘rtacha 4 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.

Havo transportida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari 15,1 foizga oshgan.

Ta’kidlanishicha, havo transportida mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish narxlari 2021-yilning dekabr oyiga nisbatan o‘rtacha 6,4 foizga arzonlashgan.