TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. 10-12 fevral kunlari Toshkentda qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ayollar o‘rtasida tashkil etiladigan mazkur musobaqada dunyoning eng kuchli sablyachilari g‘oliblik uchun shiddatli jang olib borishadi.
Gimnastika sport saroyida o‘tadigan musobaqa Parij-2024 turkumidan avval jahon reytingi uchun qimmatli ochkolarni taqdim qiladi.
AQSh, Koreya Respublikasi, Gretsiya, Vengriya, Ozarbayjon kabi 12 ta terma jamoa bu turnir uchun tarkibini e’lon qilishga ulgurgan.
Vladimir Nazlimov boshchiligidagi o‘zbekistonlik sportchilar shu kunlarda Yangioboddagi o‘quv-mashg‘ulot bazasida mazkur musobaqaga hozirlik ko‘rishmoqda.