TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘tgan yili Moskvada migratsiya qonunchiligining 214 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarliklari aniqlandi Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirligi matbuot markazi xabar bermoqda.
"2022 yilda migratsiya qonunchiligida 214 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlandi", - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, o‘tgan yili politsiya xodimlari noqonuniy mehnat faoliyati bilan bog‘liq 7,5 mingta holatni aniqlashgan. Shuningdek, 9,7 mingta “chet el fuqarolarini mehnat faoliyatiga jalb qilish tartibining buzilishi” qayd etilgan.
Avvalroq Rossiya IIV mamlakatda chet el fuqarolari tomonidan 2022-yilning 11 oyida sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilga nisbatan deyarli 10 foizga o‘sganligini ma’lum qilgan edi.