TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. G‘arbning Kiyevga hujumkor qurol-yarog‘larni yetkazib berishi global halokatga va Rossiyaning yanada kuchli qurolni qo‘llab javob qaytarishiga olib keladi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi.
“Kiyev rejimiga hujumkor qurol-yarog‘ yetkazib berilishi halokatga olib keladi. Agar Vashington va NATO mamlakatlari ular tinch shaharlarga zarba berish va hududimizni egallab olishga urinish uchun foydalanadigan qurol-yarog‘ yetkazib berishsa, ular tahdid etayotgandek, - bu yanada kuchli quroldan foydalangan holda javob choralariga olib keladi”, - deya yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.
U AQSh Kongressi a’zolari, bundestag, Fransiya milliy yig‘ini va boshqa Yevropa parlamentlari deputatlari “insoniyat oldidagi javobgarliklarini anglashlari darkor” ekanini qayd etgan.
“Rossiya qurolining texnologik ustunligini inobatga olib, bunday qarorlarni qabul qilayotgan xorijlik siyosatchilar tushunishlari zarur: bu ularning mamlakatlarini yo‘q qiluvchi dunyo miqyosidagi fojia bilan yakunlanishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya Davlat dumasi spikeri.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, boshqa davlatlarning “yadroviy davlatlar ilgari mahalliy mojarolarda ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishmagani haqidagi argumentlari asossiz”.
“Chunki bu davlatlar ular fuqarolari xavfsizligi va mamlakatlari hududiy yaxlitligi tahdidiga duch kelishmagandi”, - deya tushuntirgan Volodin.