Shaxmat: Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Pragnananda bilan o‘yinda durang qayd etdi

Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” musobaqasining yana bir kuni ortda qoldi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchilar 6-tur uchrashuvini o‘tkazishdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Nodirbek Abdusattorov “Tata Steel Chess-2023” musobaqasida hindistonlik Pragnananda bilan o‘yinda durang natija qayd etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” musobaqasining yana bir kuni ortda qoldi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchilar 6-tur uchrashuvini o‘tkazishdi.
“Masters” guruhida qatnashayotgan Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Praggnandxa bilan durangga imzo chekdi. 6 turdan so‘ng 4.5 ochko jamg‘argan Nodirbek guruh peshqadamligini davom ettirmoqda.
“Chellenjer” guruhida qatnashayotgan Javohir Sindorova ham bu tur braziyilalik Luis Paolo Supi bilan durang o‘ynadi. Javohir 6 turdan so‘ng 4 ochko bilan 4-pog‘onada turibdi.
Eslatib o‘tamiz, “Tata Steel 2023” turniri Challenger va Master 2 guruhga bo‘lingan. Birinchi guruhda 14 nafar shaxmatchi o‘rtasida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov ishtirok etmoqda. Ikkinchi guruhda Magnus Karlsen, Anish Giri, Fabiano Karuana, Uesli So va boshqa ko‘plab shaxmatchilardan GM Nodirbek Abdusattorov bor.
Musobaqaning “Masters” guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov (2713) 5-turda tajribali Magnus Karlsenga (2859) qarshi davom etgan bahsda muvaffaqiyatga erishdi.