TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Samarqandda haydovchi va piyodalar uchun "xavfsizlik orolchalari" yaratilmoqda. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Beruniy hamda Spitamen shoh ko‘chalari chorrahasida o‘ziga xos yo‘l qurilishi ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda ushbu chorrahada xavfsizlik orolchasi tashkil etilib, qo‘shimcha svetofor o‘rnatildi va piyodalar yo‘lagi uchun "zebra"lar chizildi.
Samarkand
© Zarnews
“Mazkur ishlar kelgusida yo‘l harakati va piyodalar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Muhimi, avtoulovlar tirbandligining oldini oladi”, deyiladi xabarda.
Samarkand
© Zarnews