OAV: ukrainaliklar tomonidan olingan video Turkiyani g‘azablantirdi - video

100 TV: Ukrainaliklar Antaliya haqida mahalliy aholini xorijlik deb atagan videosi turklarni g‘azablantirdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Ukrainalik tiktokerlarning Antaliya haqidagi videosi turkiyaliklar orasida g‘azabga sabab bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti 100 TV mahalliy portaliga tayanib xabar berdi.
100TV ma’lumotlariga ko‘ra, “mojaroli” videoda bir guruh ukrainaliklar tasvirlangan bo‘lib, unda “Turklar bizni musofir deyishadi, lekin turklar Antaliyada musofir bo‘lib qolishdi” degan yozuv yozilgan.
Mazkur holat butun Turkiyada, ayniqsa Antaliyada keskin munosabatlarga sabab bo‘ldi.
Materialda ta’kidlanganidek, Rossiya maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng ko‘plab ukrainaliklar Turkiyaga ketishgan, ularning ko‘pchiligi Antaliya va uning atrofida qo‘nim topgan.
“Mahalliy aholi ularga mehmondo‘stlik ko‘rsatdi, shuning uchun Tiktoker videosi butun Turkiyani g‘azablantirdi”, deyiladi xabarda.
Turklarning salbiy munosabatidan so‘ng ukrainaliklar videoni joylashtirgan akkaunt o‘chirib tashlandi.