TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Maktablarda uchinchi chorak boshlanishi oldidan dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Mirobod tuman hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumandagi maktablar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati dezinfeksiya bo‘limi mutaxasislari tomonidan profilaktik dezinfeksiya qilindi.
Maktablarda uchinchi chorak boshlanishi oldidan dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi
© Mirobod tuman hokimligi
“Ta’til yakunlangach, barcha maktablar o‘z faoliyatini sanitariya-epidemiologik xavfsizlik normalariga amal qilgan holda davom ettiradi”, deyiladi xabarda.
Ta’lim maskanlarini dezinfeksiyalashda turli viruslar, yuqumli va parazitar kasalliklar uchun halokatli, biroq insonlar hamda jonivorlar uchun bezarar bo‘lgan 1%li gipoxlorid kalsiy vositasidan foydalanilgan.
Maktablarda uchinchi chorak boshlanishi oldidan dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi
© Mirobod tuman hokimligi
Shuningdek, mutasaddilar tomonidan umumta’lim maktablarining isitish tizimi va tayyorgarlik holati ham o‘rganilib, ta’lim obyektlaridagi harorat nazoratga olindi.
Maktablarda uchinchi chorak boshlanishi oldidan dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi
© Mirobod tuman hokimligi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 23-yanvardan e’tiboran barcha oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari an’anaviy tarzda boshlanadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qilishicha, nazorat ishlari (oraliq, yakuniy) ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan shakllarda moslashtirilgan o‘quv grafiklariga muvofiq amalga oshiriladi.