Bugun qanday ob-havo kuzatiladi

Prognozlarga ko‘ra, respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, ba’zi joylarda esa -5 daraja sovuqgacha bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat -0-2 daraja sovuq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat -0-5 daraja sovuq bo‘ladi.