TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Bugun Germaniyada joylashgan AQShning Ramshteyn harbiy bazasida NATO a’zolari va Ukraina vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Vashingtonda uchrashuvga atab "yeguliklar" ham tayyorlandi. Demokratik partiya jarchisi The New York Times nashri Bayden ma’muriyati Kiyev uchun Qrimga zarba berishga imkon beradigan qurollar bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida maqola e’lon qildi.
Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays ham partiya yordamini tasdiqladi. Undan AQSh Ukrainaning Qrimga hujumlarini qurollar bilan qo‘llab-quvvatlaydimi, deya so‘rashgan. “Ushbu qurollarni qayerda va qanday qilib yaxshi ishlatishni ukrainalik sheriklarimiz hal qilishadi”, - javob berdi Prays. U, shuningdek, AQSh yarimorol Ukrainaga tegishli deb bilishini alohida ta’kidlashni ham unutmadi.
Oq uy janoblari mantig‘iga qo‘ra, ular Qrimni Kiyevga tegishli deb hisoblashar ekan, demak ular jazosiz ravishda yarimorolga o‘qqa tutishi mumkin. Hammasi Donbass bilan qanday bo‘lgan bo‘lsa: ya’ni, bu sizlarning fuqarolaringiz, shuningchun siz Vashington va Brusselning olqishlari ostida ularni o‘ldirishingiz mumkin.
Aytish lozimki, bu Vashington ma’muriyati uchun chindan ham yangi burilish. Yaqin vaqtgacha ular geografik joylashuv, qrimliklarning kayfiyati va yarim orolning mudofaa qobiliyati sabab u Ukraina uchun mutlaqo erishib bo‘lmaydigan harbiy nishon deb ishonishgan. Bu haqda o‘ylashdan ham foyda yo‘q edi.
“Ukraina Qrimni urush yo‘li bilan olishi kerakmidi?”, - deb The Hill savol berdi va aslo kerak emas edi, degan xulosaga ham keldi. “Qrimning mustahkamlangan qirg‘oqlariga desantlarni joylashtirish ... katta falokatlarga olib kelishi mumkin (Ukraina Qurolli Kuchlari uchun). G‘arbda esa Rossiyaning yadroviy qurol ishlatishidan qo‘rqadigan faqat Ilon Mask emas”.
“Qrim masalasida shoshmay turing”, - deb ma’muriyatni ogohlantirmoqchi bo‘ldi Foreign Affairs dekabr oyida. “Bu koalitsiya uchun jiddiy sinov bo‘lishi mumkin. Sharqiy Yevropadagi hamkorlar Ukrainani hamma narsada qo‘llab-quvvatlashga moyil bo‘lib, Putinning yadroviy tahdidlarini bema’nilik deb bilishsada, ... Fransiya, Germaniya va AQSh eskalatsiya xavfidan ko‘proq sarosimada”.
Bu Kiyevga Qrim mavzusini axborot maydoniga olib chiqishga xalal bermadi. Zelenskiy o‘z homiylariga rossiyalik harbiylarning vayronaga aylangan Kerch ko‘prigi bo‘ylab Rossiyaga qarab qanday yugurishgani haqida aql bovar qilmaydigan voqealarni aytib bergan. U Azov qirg‘oqlarini egallab olishga va Qrimni uzoq masofali qurollardan o‘qqa tutishga va’da bergan.
Kiyev rejimi Qrim mavzusida turli-tuman xalqaro uchrashuvlar tashkillashtirgan. Yig‘ilganlar Yaltada uchrashishga bir-birlariga va’dalar berishgan. So‘nggi marotaba bu mavzuni mudofaa vaziri yordamchisi Sky News telekanaliga UQK Qrimni “taxminan” dekabr so‘nggida qo‘lga olishini aytib ko‘targan edi.
Ushbu dahshatli aljirashlarni Polsha ham takrorladi. Yarim orol ustidan nazorat bo‘lmasa, Polsha dengizo‘rtasi haqidagi barcha orzular ilmiy bo‘lmagan fantastika bo‘lib qolardi. Anjey Duda so‘nggi “Qrim platformasi”da maxsus nutq so‘zladi va Qrimning Ukrainaga qaytarilishi “mutlaqo majburiy” ekanligini ta’kidladi.
Shu paytgacha Vashington bu tashabbuslarga sovuqqonlik bilan munosabat bildirar edi. “Qrim masalasida shoshmang” maqolasi aynan Ukrainaning Qrimga dekabr so‘nggidagi yurishiga javob bo‘ldi. Qolaversa, bularning bari ittifoqdosh kuchlarning hujumi kechikishi va Xersondan qochish fonida sodir bo‘layotgan edi.
Hozir esa frontdagi vaziyat aksincha. UQK Soledarni tark etdi, Artyomovskni yo‘qotish arafasida. UQKning so‘nggi haftalardagi yo‘qotishlari shunchaki dahshatli. “Ukrainaliklar janubiy yo‘nalishda mumkin bo‘lgan hujum uchun zaxiralarni shakllantirishga harakat qilishdi. <...> Bu qismlar Baxmutda (Artemovsk. - tahrir.) halok bo‘ldi. Hozir ukrainaliklar jami 140-150 mingga yaqin jangovar tayyor askarga ega”, - Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor vaziyatni shunday tahlil qildi. Avvalroq u UQK yo‘qotishlarini 150 ming kishiga baholagan edi.
Shu yerda bir to‘xtab, tin olish kerak edi. O‘zidan nega odamlarni o‘limga yuborishga kerak, deb savol berish kerak. Qolaversa, hatto Vashingtonda ham “Ukraina Rossiya bilan mojarodan omon qolmasligini” allaqachon tan olishgan. Ammo yo‘q, buning o‘rniga ular “adoqsiz dahshatdan ko‘ra dahshatli oqibat afzal” tamoyili bo‘yicha keskinlashuvning yangi bosqichini yaratishga harakat qilishmoqda.
Oq uyda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, The New York Times gazetasiga yuqori martabali manbaning aytishicha, “Ukraina murosasiz mojaroda omon qola olmasligi sababli, unda faqat Qrimga tahdid qilishgina qoladi” degan qarorga kelishgan. Shu bilan birga, nashr ochiq matnda UQKning yarimorolning tortib olishiga umid yo‘qligini ta’kidlagan.
“(Maxsus operatsiya boshlangandan buyon) Bayden ma’muriyati Kiyevga Qrimdagi zarbalar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘larni yetkazib berishni rad etishda qat’iy pozitsiyada bo‘lgan. Hozir bu holat yumshamoqda”, - deydi The New York Times ning yetakchi jurnalistlari. Yuqori martabali manbalar anonimlik sharti bilan ularga shularni xabar berishgan: “Ma’muriyat Kiyevga rus qo‘riqxonasiga (bunda Qrim shunday deyiladi) garchi bunday harakat xavfni oshirsada zarba berish uchun harbiy imkoniyatlar kerakligini tan ola boshladi,”.
Manbalarning aytishicha, bunday qarorga kelinishiga sabab, Kiyev tomondan Qrimga tahdid yaratilishi Rossiya bilan muzokaralarda Kiyev rejimining pozitsiyalarini kuchaytiradi. Bizning strategik sheriklarimiz qandaydir o‘z olamlarida yashashadi. Bizning armiyamiz olg‘a harakatlanib, sobiq USSRni shiddat bilan demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilayotganida yana qanday muzokaralar haqida gap bo‘lishi mumkin?!
Ramshtayndagi uchrashuvda Ukraina tomonda “Xaymars” raketa komplekslari va “Bredli” jangovar piyoda mashinalarining yetkazib berish qayd etiladi. Pentagonda yozilgan ssenariylar bo‘yicha ushbu texnika ishtirokida urush o‘yinlari ham bo‘ladi. New York Times ning yozishicha, ssenariylardan biri UQKning janubga M-14 avtomagistrali bo‘ylab Melitopol va Mariupolga harakatlanishi bor, bunda Bredlilar ko‘p yordam berishi kerak. Keyin esa Qrim hududini o‘qqa tutadi va rus armiyasini Haymarslar bilan ta’minlash yo‘llari.
Amerikaliklar nega Qrimga zarba berishni istayotgani tushunarli. Bu Rossiya Qurolli kuchlari va resurslarining yarimorolni himoya qilishga yo‘naltirishi kerak. Shu bilan birga, Pentagon bizning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimimiz ishini tahlil qilish, keyin esa to‘plangan tajribani qo‘llashdek bebaho imkoniyatga ega bo‘ladi.
Tushunarsiz jihati boshqa: qarshi hujumni kim amalga oshiradi? Kim jangovar piyoda mashinalarida o‘tiradi, “Xaymars”lardan kim o‘qqa tutadi? “Biz tugashimiz mumkin”, - bir hafta ilgari Artyomovskdagi Ukraina qo‘shinlari qo‘mondoni New York Times orqali amerikalik xo‘jayinlarini ogohlantirgan. Endi uning jangchilari u yerda operativ muhitda. Ularning kelajalagi dahshatli.
Ayni paytda Ukraina armiyasiga alohida ehtiyojga ega bo‘lgan odamlar allaqachon jalb qilinmoqda. Ammo Vashington ukrainaliklarni yo‘q qilishda davom etmoqda va o‘jarlik bilan bularning barchasi haqiqat, mustamlakachilikka qarshi urushi, va bu AQShga hech qanday xavf tug‘dira olmaydi deb davom etmoqda.
Vashington ma’muriyatining manbalariga ko‘ra, “Qrimga zarba berish prezident Putinni taktik yadro qurolidan foydalanishga majbur qilishidan xavotirning kamayishi Amerika pozitsiyasining o‘zgarishiga” yordam bergan.
Vaholanki, rahbariyatimiz taktik yadro qurolidan foydalanmoqchi emasligini ko‘p marotaba ta’kidlagan. Nima uchun uni o‘z yerlarimizda ishlatishimiz kerak? Qrimning mudofaasiga kelsak, bu butunlay boshqa masala edi.
Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev iyul oyida Qrimdagi zarbaga javoban “Qiyomat kuni” bilan tahdid qilgan edi. Kecha u Rossiya rahbariyatining ushbu masala bo‘yicha pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi: “Oddiy urushda yadroviy derjavaning mag‘lubiyati yadro urushining boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yadroviy davlatlar o‘z taqdiri bog‘liq bo‘lgan yirik to‘qnashuvlarda mag‘lubiyatga uchramagan”.
The New York Times ga bergan intveryusida yuqori martabali manbalar go‘yoki nima haqida so‘z borayotganini tushunishmayotgandek tutishgan. “Amerika amaldorlarining aytishicha, agar Ukraina Amerika quroli bilan Qrimga hujum qilsa, prezident Putin qanday munosabat bildirishini bilmaydi”, - deb xabar beradi bizga gazeta.
Aslida, ularning barchasi hammasini yaxshi bilishadi. Ularga bu masala bo‘yicha Rossiyaning pozitsiyasini bir necha marotaba bildirilgan. Boshqa masala Amerika mansabdorlarining o‘z xalqiga vaziyat qanchalar yomon ekanligini tushuntirishga qo‘rqishayotganida.
Aynan shu sababli Rossiyaning go‘yoki Ukrainada taktik yadro qurolidan foydalanish haqidagi ertaklar paydo bo‘lgan. Amerikaliklar bir narsani allaqachon anglashi kerak - ularning rahbarlari o‘z xalqini Karib inqirozidan ham qo‘rqinchliroq global mojaroga boshlamoqda.