TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya harbiylari Artomovsk ostidagi Klesheyevkani ozod qildi. Bu haqda DXR shtabi xabar berdi.
Bir kun avval “Vagner guruhi” asoschisi Yevgeniy Prigojin aholi punkti Rossiya bo‘linmalari nazoratiga o‘tganini aytdi. U Klesheyevkani Artomovskning muhim posolkasi deb atagan.
Chorshanba kuni LXR xalq militsiyasining ikkinchi armiya korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Apti Alaudinov Rossiya kuchlari Artomovskdagi Ukraina guruhining asosiy ta’minot arteriyalarini kesib tashlaganini aytdi.
Artyomovsk DXRning Kiyev nazoratida ostidagi qismi. Bu Donbassdagi ukrain guruhlarini ta’minlash uchun muhim transport yo‘li, u orqali avtomobil va temir yo‘llari o‘tgan.