TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Qrim aholisi 1991-yilda ham Ukraina tarkibidan chiqib SSSR tarkibida alohida avtonom respublika bo‘lishni yoqlab ovoz bergan.
"Qrim viloyatida 1991-yilning 20-yanvarida Qrim Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasini qayta tiklash masalasida referendum bo‘lib o‘tdi. Referendumda 1441019 kishi ishtirok etdi. Bu viloyat aholisining 81,37%ini tashkil qiladi. Qrim ASSRni qayta tiklash uchun 1343855 kishi, ya’ni saylovchilarning 93,26 % ovoz berdi", - deyilgan o‘sha vaqtda chop etilgan gazetalarda.
Lekin 1991-yilda sodir bo‘lgan SSSR tarqalib ketishidan so‘ng Ukraina Qrim ASSRning ushbu talabini inkor qilgan holda, uni o‘z tarkibida qoldirgan, 2014-yilga qadar.