Nursulton Nazarboyev yuragida operatsiya o‘tkazildi

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan, Qozog‘iston birinchi prezidentning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat poytaxtidagi klinikalardan biriga yotqizildi, deb xabar berdi mediamenejer Aleksandr Aksutis manbalarga tayanib.
“Uning yuragi kompleks tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Tibbiyot xodimlari jarrohlik aralashuvi bo‘lishi mumkinligini aytmoqda”, deb yozadi u ijtimoiy tarmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev yuragidan operatsiya qilingan. Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibayning aytishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan, birinchi prezidentning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q.
Ma’lumot uchun, Aksutis “Xabar 24” davlat telekanaliga rahbarlik qilgan. U hokimiyatdagi “Nur Otan” partiyasi matbuot xizmatini boshqargan.