TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Milliy ilmiy kardiojarrohlik markazining jarrohlik bo‘limi direktori Yuriy Pya yurak muolajasini o‘tkazgan Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning ahvoli haqida ma’lumot berdi, deb yozadi Sputnik Qozog‘iston.
Yuriy Paning ta’kidlashicha, bu operatsiya emas, balki davolash-diagnostika muolajasi edi. Shuningdek, u favqulodda emas, balki rejalashtirilgan bo‘lgan.
“Muolaja o‘tgan yili rejalashtirilgan edi. Uning bandligi va sog‘lig‘i holati tufayli, o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda amalga oshirishga kelishgandik. Bugun qaror qildik. Nursulton Abishevichning ahvoli yaxshi. U yaqin kunlarda chiqadi”, deydi Yuriy Pya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muolaja taxminan 2,5 soat davom etgan.
Avvalroq sobiq prezidentning matbuot kotibi Aydos Ukibay 82 yoshli Nazarboyevning yuragi muvaffaqiyatli operatsiya qilinganini aytgandi. Ukibayning so‘zlariga ko‘ra, sobiq prezident hayotiga hech qanday tahdid yo‘q.