Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Grossi zudlik bilan Zaporojye AES atrofida xavfsizlik zonasini yaratishga chaqirdi

Ukraina harbiylari ZAESning shaharga tutash hududini muntazam o‘qqa tutmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. MAGATE rahbari Rafael Grossining fikricha, mintaqadagi “vaziyat yomonlashayotgani” fonida Zaporojye atom elektr stansiyasi atrofida zudlik bilan xavfsizlik zonasini yaratish zarur.

“Zaporojye atrofidagi vaziyat yomonlashmoqda. Mojaroning rivojlanishi bilan ... (vaziyat) sharqiy frontda qizib bormoqda. Shuning uchun men hozir har qachongidan ham muhimroq va shoshilinch ravishda yadro obyektini himoya qilish uchun ba’zi oraliq choralarni ko‘rish kerak deb hisoblayman”, dedi Grossi “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida.

Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. Bu bloklar soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasi – stansiyada har biri 1 gigavatt quvvatga ega oltita energoblok mavjud. Mart oyidan beri u Rossiya harbiylari himoyasida.
Ukraina harbiylari Energodar va Zaporojye atom elektr stansiyasining shaharga tutash hududini muntazam ravishda o‘qqa tutishda davom etmoqda.