Butun boshli Amerikada bitta mard yigit topildi, u ham rus – OAV

Amerikada tug‘ilib o‘sgan aksariyat xristian sportchilar ushbu rus yigitinng nuqtayi nazarini qo‘llab-quvvatlaydi, lekin buni ochiq aytishga qo‘rqadi, - jurnalist.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv – Sputnik. Amerikada ko‘plab xristian sportchilar LGBT g‘oyalarini oqlamaydi, lekin bu haqida ochiq e’lon qilishga ko‘rqadi. Rus yigitining mardigiga qoyil qolish kerak, dedi FOX News telekanali boshlovchisi Taker Karlson o‘z ko‘rsatuvlaridan birida.
Gap shundaki, bir necha kun oldin AQSh Milliy Xokey Ligasi (NHL)da katta shov-shuvli voqea sodir bo‘lgan edi. O‘shanda o‘yin oldidan barcha xokkeychilarga LGBT ranglarida sviterlarni kiyib ochilish marosimiga chiqish belgilandi. Hamma rozi bo‘lgan faqat bir kishi – Ivan Provarov ismli rossiyalik xokkeychi bundan bosh tortgan va ochilish marosimiga chiqmagan.

Jurnalistlarning savoliga u “Men har kimning tanlovini hurmat qilaman. Mening tanlovim – o‘zimga va o‘z dinimga sodiq qolish” deb javob bergan. Shundan so‘ng jurnalistlan bir necha soniya jimib qolishadi. Keyin bir kishi – Sizning diningiz qaysi deb so‘raydi. Unga Provorov – rus pravoslaviyasi, deb javob beradi.

Shundan so‘ng Ivan Provorovga butun AQSh OAVining g‘azabi yog‘ildi. Lekin, voqeaning yana bir qiziq natijasi kuzatildi – uning mardligiga qoyil qolganlar ham keskin ko‘paydi - ushbu o‘yindan keyin Provorov raqami tushirilgan barcha futbolkalarni sotib olishdi.
Ehtimol FOX News telekanali ushbu voqeaga muqobil fikr bildirgan yagona OAV bo‘lsa ajab emas. Ushbu telekanalda so‘zga chiqqan yana bir jurnalist Jeyson Uitlok aslida ko‘plab sportchilar Provorovni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
"Amerikada tug‘ilib o‘sgan aksariyat xristian sportchilar ushbu rus yigitinng nuqtayi nazarini qo‘llab-quvvatlaydi, lekin buni ochiq aytishga qo‘rqadi", - deydi jurnalist.
Chunki AQShdagi barcha sport federatsiyalari korporatsiyalarning kuchli bosimi ostida.
“Bunda NHLni ayblash ham mushkul, chunki sport federatsiyalarini korporatsiyalar majburlamoqda. Butun korporativ Amerika xilma-xillik, inklyuzivlik va tenglik g‘oyalari bilan to‘lib toshgan. Buning ostiga qanday tushunchalar kiritilgan bo‘lmasin...”
LGBT qadriyatlarini ulug‘lash bugun xokkeygi kirib kelmoqda, yaqin orada amerikaliklar orasida eng ommaviy sport bo‘lgan beysbol ham ana shunday bosimga duch keladi.
Ivan Provorov Rossiya terma jamoasi xokkeyichisi, asli Yaroslavl shahridan. Ayni damda AQShning "Filadelfiya flayers" jamoasi a’zosi.