Bugun shaxmat bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonliklar kimga qarshi dona suradi?

Bugun Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” turnirining 6-tur bellashuvlari o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Bugun Niderlandda bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha turnirda Nodirbek Abdusattorov hindistonlik, Javohir Sindorov esa braziliyalik raqibiga qarshi dona suradi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Bugun Niderlandiyada shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” turnirining 6-tur bellashuvlari o‘tkaziladi.
“Masters” guruhida peshqadamga aylangan Nodirbek Abdusattorov bu gal hindistonlik Praggnanadxa bilan bellashadi. “Chellenjer” guruhida uchinchi o‘rinda borayotgan Javohir Sindorov braziliyalik Luis Paulo Supi (2608) bilan hisob-kitob qiladi.
“Masters”: 6-tur: Nodirbek Abdusattorov (oq) – Praggnanadxa (qora);
“Chellenjer”: 6-tur: Luis Paulo Supi (oq) – Javohir Sindorov (qora).
Bahslar Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha 85-nufuzli “Tata Steel 2023” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Turnir Challenger va Master 2 guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruhda 14 nafar shaxmatchi o‘rtasida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov ishtirok etmoqda. Ikkinchi guruhda Magnus Karlsen, Anish Giri, Fabiano Karuana, Uesli So va boshqa ko‘plab shaxmatchilardan GM Nodirbek Abdusattorov bor.
Kecha shaxmat musobaqasining “Masters” guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov (2713) 5-turda tajribali Magnus Karlsenga (2859) qarshi bahs olib bordi.
Qora donalarda harakat qilgan Abdusattorov 6 soatdan oshiq davom etgan bahsda muvaffaqiyatga erishdi. Ahamiyatlisi, bu g‘alabadan keyin 4 ochko jamg‘argan Abdusattorov “Masters” guruhida yakka peshqadamga aylanib oldi.