TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Yangi yilda Xitoy Rossiya bilan birgalikda yanada adolatli xalqaro tartibni shakllantirishga katta hissa qo‘shishga tayyor. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lum qildi.
“Ikki davlat rahbarlarining strategik rahbarligida Xitoy-Rossiya munosabatlari ikki yirik qo‘shni davlat o‘rtasida tinch-totuv yashash va o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo‘liga o‘tdi va bu ikki mamlakat xalqlariga sezilarli foyda keltirdi. Shuningdek, global boshqaruv islohotini ilgari surishda muhim va konstruktiv rol o‘ynadi”, - dedi diplomat.
U Pekinning Moskva bilan strategik aloqalarni mustahkamlashga va “insoniyat taqdiri umumiy bo‘lgan hamjamiyatni yaratishga” ko‘maklashishga tayyorligini qayd etdi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar garchi G‘arb “ochiq-oydin ularga ixtilof kiritishga urinayotgan” bo‘lsa ham, tarixdagi eng yaxshi davrlarni boshidan kechirayotganini aytgandi.