Toshkent markazidagi ko‘prik qisman yopildi

Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Bugundan poytaxtning Bobur ko‘chasidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi ko‘prik qisman yopildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, mazkur hududda yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ko‘prida ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar harakat cheklanadi.
Bobur ko‘chasi
Mazkur hududga Sodiqjon Tolipov ko‘chasi bo‘ylab kelish mumkin bo‘ladi. Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda.