Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya maxsus operatsiyani davom ettirish uchun yetarli kuchga ega - Polsha qo‘shinlari bosh shtabi

Polsha qo‘shinlari bosh shtabi boshlig‘i Raymund Andjeychak harbiy operatsiya uchun “Rossiyada hali ham pul borligini” ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiyani davom ettirish uchun yetarli moliyaviy va safarbarlik zaxirasiga ega, deydi Polsha qo‘shinlari bosh shtabi boshlig‘i Raymund Andjeychak.
RAR agentligiga bergan intervyusida u harbiy operatsiya uchun “Rossiyada hali ham pul borligini” ta’kidladi.

“Bir paytlar Napoleon urush olib borish uchun faqat uchta narsa zarurligini aytgandi: pul, pul va pul. (Maxsus operatsiya boshlanishidan oldin – tahr.) ruslarning 600 milliard dollarlik zaxirasi bor edi, 300 milliard dollari xalqaro moliya markazlari tomonidan muzlatilgan. Ya’ni yiliga 100 milliard dollardan oshmaydigan xarajatlar bilan ikki yilga yetadigan pul bor”, - dedi Andjeychak va shu tariqa harbiy harakatlarning “asosiy omili” saqlanib qolayotganini ta’kidladi.

Uning fikricha, Rossiyada katta safarbarlik resursi mavjud. Bundan tashqari, u maxsus operatsiya davrida Rossiya resurslari Ukrainanikiga qaraganda ancha sekinroq kamayib borayotganini ta’kidladi.
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.