TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. O‘tgan 2022-yil davomida bo‘sh turgan yer uchastkalarini sotish va ijaraga berishdan kelib tushgan umumiy daromad 989 mlrd. so‘mni tashkil qilgan. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan anjumanda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakili Mirshod Ubaydov ma’lum qildi.
Bayonotda aytilishiga ko‘ra, o‘tgan yilda jami 12 mingta lot "Yerelektron" auksioni orqali sotilgan bo‘lib, shundan 3,4 mingtasi (75 gektar) mulk huquqida va 8,8 mingtasi (921 gektar) ijara huquqida 989 mlrd. so‘mga sotilgan.
Savdolar natijasija 559,9 mlrd.so‘mdan ortiq tushum tushgan va uning 421,8 mld.so‘mi tegishli budjetlarga yo‘naltirilgan.
Eslatib o‘tamiz, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari mulk huquqini elektron onlayn-auksionda sotib olish qiymatini 3-yil muddatgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin.