Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot mast yo‘lovchi sababli Urganchga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Moskvadan Goa yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan vaqtida Urganch xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qo‘ndi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Kecha Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi sababli Urganchga qo‘ndi. Bu haqda "Uzbekistan airports" xabar berdi.
Aytilishicha, bortdagi yo‘lovchilardan biri mast holatda zo‘ravonlik qilgan. Shu sababli ekipaj samolyot bortiga militsiya hodimlarini so‘ragan.
Bortida 356 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 777-300 samolyoti mahalliy vaqt bilan 20:29 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Zo‘ravon yo‘lovchi reysdan olindi.
Mazkur reys mahalliy vaqt bilan 22:41 da Goaga uchib ketdi.