Lukashenko: Belarus va Rossiyani bo‘g‘ib qo‘yish urinishlari chippakka chiqdi

Lukashenko o‘tgan yili tashqi sanksiyalarga qaramay, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik natijalaridan mamnun ekanini bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 2022-yildagi Minsk va Moskva o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanish va savdo hamkorligi yakunlari G‘arbning ularni bo‘g‘ib qo‘yishga bo‘lgan urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan dalolat berishini ma’lum qildi.

“Bizni – ham Rossiya, ham Belarusni bo‘g‘ib qo‘yishga bo‘lgan urinishlar amalda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Biz albatta bardosh beramiz... Barcha munosabatlarda suverenitetimizni saqlash uchun harakatlanishimiz kerak bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilab oldik”, - dedi Belarus rahbari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuvda.

Lukashenko Rossiyadagi yil yakunidagi iqtisodiy rivojlanishlardan xabardor ekanini ta’kidladi va Belarusda ham taxminan xuddi shunday natijalarga erishilganini qo‘shimcha qildi.
U o‘tgan yili tashqi sanksiyalarga qaramay, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik natijalaridan mamnun ekanini bildirdi.