TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. 2022-yilda O‘zbekistonda 48 734 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Ularning eng ko‘pi Toshkent shahrida kuzatilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:
• Toshkent shahri – 5901 ta;
• Farg‘ona viloyati – 5445 ta;
• Toshkent viloyati – 5098 ta;
• Andijon viloyati – 5019 ta.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston respublikasida 2067 ta, Buxoro viloyatida 2561 ta, Jizzax viloyatida 1728 ta, Qashqadaryo viloyatida 3472 ta, Navoiy viloyatida 1430 ta, Namangan viloyatida 4394 ta, Samarqand viloyatida 4907 ta, Surxondaryo viloyatida 2810 ta, Sirdaryo viloyatida 1764 ta, Xorazm viloyatida 2138 ta ajralish holatlari qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda respublika bo‘yicha 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. 2021-yilda eng ko‘p nikohdan ajralish holatlari Toshkent shahrida - 5,6 mingta, Farg‘ona viloyatida 4,3 mingta bo‘lgan.