Rossiyalik olimlar astronavtlarni qutqarish uchun maxsus kema yaratishdi

Taklif etilayotgan qutqaruv-kemasi Oyga va, ehtimol, Quyosh tizimining boshqa hududlariga uchayotganda ekipajni qutqarish uchun mo‘ljallangan.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiyalik ishlab chiquvchilar astronavtlarni Oyga yoki Quyosh tizimidagi boshqa obyektga parvoz paytida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda olib keta oladigan qutqaruv kemasini patentladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ixtiro o‘rnatish va kosmik radiatsiyadan (quyosh chaqnashlari, Yer radiatsiya kamarlarining zarralari) himoya qilish vositalariga, shuningdek, meteoroidlar va kosmik chiqindilar xavfini kamaytirishga tegishli.

“Taklif etilayotgan orbital qutqaruv-kemasi (OK-S) — Oyga va, ehtimol, Quyosh tizimining boshqa hududlariga uchayotganda ekipajni qutqarish uchun ishlatiladigan, qayta foydalanish mumkin bo‘lgan boshqaruv vositasi”, - deyiladi xabarda.

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, kema sferik radiatsiya boshpanasidan iborat bo‘lib, uning yuqori bosqichlari har ikki tomonda joylashgan.
Taqdim etilgan sxemadan kelib chiqqan holda, boshpana “Angara-A5” raketasida orbitaga chiqariladi. Yuqori bosqichlar esa “Proton-M”da uchirilishi mumkin.
Qutqaruvchining yig‘ilishi Yerga yaqin orbitada bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng kema Oyga boradi. Qutqaruvdan so‘ng, kosmonavtlar boshpanadagi Yerga yaqin orbitaga qaytishadi. U yerda ular "Soyuz" kosmik kemasiga o‘tib, u orqali Yerga tushishadi.