Latviya sudi Marat Kasemni hibsda qoldirdi

Himoyaning keyingi bosqichi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga shikoyat qilishdir.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Latviya sudi Rigada hibsga olingan Sputnik Litva bosh muharriri Marat Kasem advokatlarining apellyatsiya shikoyatini rad etdi.
Sud qamoqqa olish tarzidagi avvalgi ehtiyot chorasini o‘z kuchida qoldirdi. Himoyaning keyingi bosqichi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga shikoyat qilishdir.
Marat Kasem Latviya fuqarosi, u bir necha yillardan beri Moskvada yashab, Sputnik Litva o‘z ichiga olgan “Rossiya segodnya” media guruhida ishlagan.
Jurnalist oilaviy sabablarga ko‘ra 30-dekabr kuni Latviyaga ketgandi. 5-yanvar kuni Rigada hibsga olingan.
U Rossiyaga qarshi Yevropa sanksiyalarini buzganlikda gumon qilinmoqda. Jurnalist 5-yilgacha qamoq yoki 100 oylik maosh miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Kasemning hibsga olinishini so‘z erkinligi va jurnalistlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro shartlarning buzilishi deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Marat Kasemni hibsga olganlik uchun javobgarlikdan qochib qutulolmaydi. Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova Kasemning Rigada hibsga olinishini so‘z erkinligiga hujum deb atagan va BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariga murojaat qilgan.
"Rossiya segodnya" media guruhi rahbari Dmitriy Kiselov jurnalistning Latviyada qo‘lga olinishini bema’nilik va qonunga zid deb atadi va mediaguruh uning ozod qilinishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi va xalqaro jamiyatdan e’tibor qaratishni talab qilishini ma’lum qildi.