TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. G‘arb mamlakatlari Rossiyaga qarshi qo‘llanilayotgan choralarni boshqa har qanday nomaqbul davlatga qarshi ham qo‘llashlarini bildirishmoqda. Bu haqda Rossiya TIV rahbari 2022-yildagi Rossiya diplomatiyasi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Rossiya vazirining ta’kidlashicha, Ukrainadagi mojaro AQSh dunyodagi o‘z mavqeyini qonuniy yo‘llar bilan mustahkamlashga erishishni bas qilishga intilishi va o‘z hukmronligini ta’minlashning noqonuniy usullariga o‘tganini ko‘rsatgan.
“Rossiya va boshqa nomaqbul mamlakatlarga qarshi qo‘llanilayotgan bu sanksiyalarning bari <…> biroq ma’lumki, ertaga, ertadan keyin ular har qanday davlatga qarshi qo‘llanishi mumkin”, - dedi Lavrov.