Yevropa Ittifoqi AQSh amriga to‘liq bo‘ysundi – Lavrov

YeI va NATO o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi uchinchi qo‘shma deklaratsiyaning imzolanishi YeIning AQShga bo‘ysunishining yakunlovchi nuqtasi bo‘ldi, deydi Lavrov.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Amerika Qo‘shma Shtatlarining amriga to‘liq bo‘ysundi. YeI va NATO o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi uchinchi qo‘shma deklaratsiyaning imzolanishi YeIning AQShga bo‘ysunishining yakunlovchi nuqtasi bo‘ldi, deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

“Yevropa Ittifoqi, menimcha, bu haqda uzoq vaqt gapirishning hojati yo‘q, Amerika amriga to‘liq bo‘ysundi va bir necha yillardan beri davom etayotgan bu jarayonning apofeozi yaqinda, 10-yanvarda imzolangan NATO va YeI o‘rtasidagi qo‘shma deklaratsiya bo‘ldi”, - dedi Lavrov 2022-yildagi Rossiya diplomatiyasi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, hujjatda NATO va Yevropa Ittifoqining vazifasi “oltin milliard” manfaatlari yo‘lida barcha siyosiy, iqtisodiy va harbiy vositalardan foydalanishdir.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg, shuningdek, Yevropa kengashi va Yevrokomissiya rahbarlari Sharl Mishel va Ursula fon der Lyayen alyansning Brusseldagi shtab-kvartirasida hamkorlik bo‘yicha uchinchi qo‘shma deklaratsiyani imzolagan edi.