Bugun qanday ob-havo kuzatiladi

Prognozlarga ko‘ra, bugun ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat -3...+2 daraja, ba’zi joylarga +3...+5 daraja bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +2...+4 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +0...+5 daraja iliq bo‘ladi.