TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Bu yil umumiy sayohatlar soni pandemiyadan oldingi darajaning 80-95 foizini tashkil qiladi. Bu haqda RIA Novosti Butunjahon sayyohlik tashkilotiga (UNWTO) tayanib ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu yil eng qulay narx va sifatli xizmat taklif etuvchi sayyohlik yo‘nalishlari urfda bo‘ladi. Sayyohlar nafaqat dam olish xarajatlari va davomiyligini qisqartirish, balki uyga yaqinroq yo‘nalishlarni tanlash orqali ko‘proq mablag‘ tejab qolishadi.
UNWTO prognozlariga ko‘ra, 2023-yilda mamlakatlarga xorijiy tashriflar soni 2019-yil Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko‘rsatkichga qaytishi mumkin.
Turizm sektoriga geosiyosiy mojarolar sabab davom etayotgan noaniqlik, shuningdek, COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat ta’sir ko‘rsatmoqda.
"Xalqaro turizm 2023-yilda tiklanishda davom etadi. Natijada umumiy sayohatlar soni pandemiyadan oldingi darajaning 80-95 foizini tashkil qiladi", - deyiladi xabarda.
O‘tgan yili dunyoda 900 milliondan ortiq xalqaro sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatga olingan. Bu 2021-yilga nisbatan ikki baravarga ko‘p, ammo pandemiyadan oldingiga nisbatan 37 foizga kam.
Shuningdek, o‘tgan yili dunyoning har bir mintaqasida xorijliklarning tashrifi ortgan. Eng ijobiy dinamika Yaqin Sharqda kuzatildi. U Qatarda bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempionati bo‘ldi.
Shu tufayli Yaqin Sharq mintaqasiga sayyohlar oqimi pandemiyadan oldingi darajadan 83 foizgacha tiklandi. Yevropa 2022-yilda 2019-yildagi ko‘rsatkichning 80 foiziga yetdi (585 million kelgan). Afrika va Amerika mamlakatlarida pandemiya oldidan kelgan sayyohlarning qariyb 65 foizi tiklandi. Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi esa karantin cheklovlari olib tashlanishi tufayli 2019-yildagi ko‘rsatkichlarning atigi 23 foizini tikladi.
2022 yilda 2019-yilga nisbatan o‘sish qayd etilgan yo‘nalishlar orasida Virjiniya orollari, Albaniya, Gonduras, Sen-Marten, Andorra, Dominikan Respublikasi, Salvador, Kurasao, Kolumbiya, Efiopiya va Lixtenshteyn bor.
Sanoat ekspertlari qisqa muddatda Xitoydan sayohatning qayta tiklanishi birinchi navbatda Osiyo yo‘nalishlariga foyda keltiradi degan fikrda.
Biroq, ko‘p narsa havo qatnovining mavjudligi, narx, viza talablari va COVID-19 bilan bog‘liq choralarga bog‘liq bo‘ladi.
Jahon sayyohlik tashkiloti yanvar oyi o‘rtalariga kelib 32 davlat Xitoydan kelayotganlar uchun cheklov choralarini joriy qilganini qayd etib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgani xabar qilingan edi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 mln nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan. O‘tgan yili 5,2 million nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.