Surxondaryodagi Sangardak sharsharasi muzlab qoldi

Qayd etilishicha, mamlakatda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharsharaning to‘liq muzlab qolishiga sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi Sangardak sharsharasi muzlab qoldi. Bu haqda Sariosiyo tumani hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharsharaning to‘liq muzlab qolishiga sabab bo‘lgan.
Sangardak sharsharasi
Hisor tog‘ tizmalari etagidagi mazkur sharshara dengiz sathidan ikki ming metr yuqorida joylashgan. Balandligi qariyb yuz metrni tashkil etadigan sharshara g‘orlar ichidagi karst darolaridan vujudga kelib, qoya toshlar orasidan sizib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga kirib kelgan anomal ob-havo sababli Amudaryo qisman muzlab qolgani xabar qilingan edi.