Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Shoygu “Vostok” qo‘shin guruhlari shtabini tekshirdi

Shoygu qo‘shinlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, qo‘rg‘onlar qurishga alohida e’tibor qaratdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu maxsus operatsiya zonasida ish olib borayotgan “Vostok” qo‘shin guruhlari shtabini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

“Shoygu guruh qo‘mondoni general-leytenant Rustam Murodovning mavjud vaziyat va boshqa yo‘nalishlarda qo‘mondonlik qilayotgan qo‘shin guruhlarining harakatlari to‘g‘risidagi hisobotini tingladi”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya Mudofaa vazirligi.

Bundan tashqari, vazir asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha jangovar topshiriqlarni bajarish bo‘yicha birlashma va qo‘shilmalar komandirlarini tingladi.
Shu bilan birga, Shoygu qo‘shinlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish, qo‘rg‘onlar qurish, askarlarni dalaga xavfsiz joylashtirish uchun sharoit yaratish va boshqalarga alohida e’tibor qaratgan.
Shuningdek, u xizmat ko‘rsatgan harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshirib, qahramonliklari uchun minnatdorlik bildirgan.
Shoyguning ta’kidlashicha, jangchilar munosib xizmat qilmoqda, Vatanni himoya qilmoqda, Donbass aholisiga yordam bermoqda va “G‘alaba kuni”ni yaqinlashtirish uchun hamma narsa qilmoqda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.