O‘zbekistonga 2022-yilda qancha turist kelgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 mln nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 mln nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan.

O‘tgan yili eng ko‘p quyidagi mamlakatlar fuqarolari sayyohlik maqsadida O‘zbekistonga kelishgan:
Qozog‘iston – 1 mln 551,1 ming nafar;
Tojikiston – 1 mln 447,8 ming nafar;
Qirg‘iziston – 1 mln 356,9 ming nafar;
Rossiya – 567,7 ming nafar.
Shuningdek, Turkiya (75,6 ming), Janubiy Koreya (19,9 ming), Germaniya (17,7 ming), Hindiston (16,8 ming), AQSh (13,1 ming) va Fransiya (11 ming) fuqarolari sayohat uchun O‘zbekistonni tanlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023-yilda O‘zbekistonga 7 mln nafar xorijiy sayyoh kelishi kutilayotgani xabar qilingan edi. Mahalliy sayyohlar soni esa 12 mln nafarga yetishi kutilmoqda.