“Sabah”: AQShning Ukraina yordamida Rossiyani jilovlash imkoniyati yo‘q

Tutar Ukraina mojarosi Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘qnashuv emas, balki AQSh va yangi, ko‘p qutbli dunyo o‘rtasidagi kurash ekanini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina yordamida Rossiyaga zarar yetkazadigan holatda emas. Bu haqda Turkiyaning “Sabah” gazetasi sharhlovchisi Berjan Tutar yozmoqda.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina qoni, hayoti, hududi, geografiyasi, fojiasi orqali Rossiyani jilovlamoqchi. Axir o‘sha AQSh geosiyosiy maqsadlarga erishish uchun dunyoga terror balosini qulatishdan tortinmadi”, - deydi jurnalist.

Uning yozishicha, Oq uyning mohiyati Rossiya va uning do‘st mamlakatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishdan iborat bo‘lgan “arzon taktikasi” endi natija bera olmayapti.
U, shuningdek, AQSh ittifoqchilari ularning faoliyatidan ehtiyot bo‘layotganini, chunki Vashington Yevropa davlatlariga Ukraina mojarosini o‘z foydasiga cho‘zish uchun bosim o‘tkazayotganini ta’kidladi.
Tutar Ukraina mojarosi Moskva va Kiyev o‘rtasidagi to‘qnashuv emas, balki AQSh va yangi, ko‘p qutbli dunyo o‘rtasidagi kurash ekani to‘g‘risidagi xulosaga kelgan.
Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiya bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va AQShda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va cheklovlar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.