Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ular ham yonadi: Peskov Ukrainaga yetkazib beradigan tanklar haqida

Bu tanklar ham xuddi qolganlari kabi yonmoqda va yonishda davom etadi, deydi Rossiya prezidenti matbuot kotibi.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Buyuk Britaniya tomonidan yetkazib berilishi rejalashtirilayotgan "Challenger 2" tanklari ham boshqalari kabi yonib ketadi, maxsus operatsiya maqsadlariga erishiladi, deydi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

“Maxsus harbiy operatsiya davom etadi. Bu tanklar ham xuddi qolganlari kabi yonmoqda va yonishda davom etadi. Maxsus harbiy operatsiyaning maqsadlariga erishiladi va ular amalga oshiriladi”, - dedi Peskov.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakning idorasi Buyuk Britaniya yaqin haftalarda Ukrainaga 14 ta "Challenger 2" tankini topshirishini, yaqin kunlarda ukrainalik harbiylarni ulardan foydalanishga o‘rgatish boshlanishini ma’lum qilgandi.