Oilaviy korxonalar eng ko‘p qaysi viloyatda ishlayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning eng ko‘pi Samarqand viloyatida, eng kam - Sirdaryoda.
Sputnik
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Joriy yilning 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni 59 110 tani tashkil etgan. Ularning eng ko‘pi Samarqand viloyatida. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar soni:
Samarqand viloyati – 10 499 ta;
Farg‘ona viloyati – 6 608 ta;
Surxondaryo viloyati – 5 847 ta;
Xorazm viloyati – 5 488 ta;
Qashqadaryo viloyati – 5 226 ta;
Toshkent viloyati – 5 073 ta;
Navoiy viloyati – 4 157 ta;
Toshkent shahri – 3 795 ta;
Buxoro viloyati – 3 450 ta;
Andijon viloyati – 2 962 ta;
Qoraqalpog‘iston R. – 2 172 ta;
Jizzax viloyati – 2 140 ta;
Namangan viloyati – 1 337 ta;
Sirdaryo viloyati – 356 ta.