Globalistik dunyo elitalarning haqiqiy yetakchilari o‘z tomoshalari namoyish etiladigan Davos forumining boshlanishi arafasida Rossiyaga qarshi yangi, o‘ninchi sanksiyalar to‘plami haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Va bu xabarlar rasmiy, Yevroittifoq va uning ijrochi organi - Yevrokomissiya rahbariyatiga tayanib ma’lum qilingan va iqtiboslarga asoslandi keltirilgan xabarlar.
Xususan, bunday ketma-ketlik (hozirgi ta’bir bilan aytganda, “tayming”) tasodifiy emas. Sanksiyalar hozirgi kunda Yevropa mamlakatlarida barcha jabhalarida og‘riqli nuqtaga aylangan va uning aholisiga o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy bosimlar cheklovchi choralar qo‘llaydiganlar tomonidan deyarli tugab bo‘lgan ekan, endi sanksiyalarni qo‘lbola yasashda oddiy odamlardan emas, balki korporatsiyalardan foydalanishmoqda. Va eng muqaddas bo‘lgan ularning buxgalteriya kitoblarini ko‘rsatishni talab qishilishmoqda. Chunki pandemiyalar va inqirozlarga qaramay gullab-yashnamoqda, debetlar esa kreditlardan oshib bormoqda.
Rossiyaning salkam bir yil davom etayotgan maxsus operatsiyasi paytida yevropaliklar (aynan ular, amerikaliklar emas) misli ko‘rilmagan inflyatsiya sharoitida, elektr uzilishidan qo‘rqib, dahshatli qashshoqlikda yashab, o‘z siyosatchilarining hatti-harakatlari uchun javob berishmoqda.
Lekin birjalar, avvalombor Amerika birjalari turli xil DOW (AQSh ishbilarmon faollik indeksi), S&P va boshqa NYSE lar katta chidamlik ko‘rsatishdi. Kotirovkalarning o‘sishi ikki xonali raqamlarda qayd etildi. Va nafaqat ikki xonali raqamlarda, balki 18 dan 30 foizgacha o‘zgarib turdi. Ular “tajovuzkor” va “dunyoni urush yoqasiga olib kelgan” Rossiyaga qarshi ommaviy tahdidlarni o‘zida aks ettirgan.
Yevropa hududida globalistlar tomonidan qo‘zg‘atilgan geosiyosiy inqiroz umumevropa aholisini qashshoqlik yoqasiga olib keldi, boshqa tomondan, buxgalteriya hisobotlari va aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar ko‘rsatkichlariga bezak bo‘ldi.
London birjasi sarmoyadorlari ham o‘zlarini tetik his qilishmoqda. Banklar, sug‘urta korporatsiyalari (chempion - potensial raqobatchilarga bosim o‘tkazgan va Rossiya mulki, davlat va xususiy mulkni sug‘urtalash va qayta sug‘urtalashni to‘xtatgan o‘sha Lloyds) va investitsiya fondlarining ahvoli ham chakki emas. Qolaversa, aksiyadorlar uchun katta bonuslar va dividendlar bo‘lishi kutilmoqda.
Qolgan kichkina odamlar esa ovqat olaymi yoki elektr uchun to‘laymi deb tanlab, so‘nggi funt sterlinglarini sanab yuraversinlar.
Davosda geosiyosiy inqirozni sinchkovlik bilan tayyorlagan va qo‘zg‘atganlar, bundan foyda ko‘radiganlar yig‘ilishgan. Davosga aynan barcha prognozlarni diqqat bilan o‘rganib, ertami yoki kech o‘zlari uchun yoqimsiz holatga tushishga majbur bo‘lganlar yig‘ilishgan.
Ochiqchasiga aytganda, ularning Rossiyani yarim mustamlakaga aylantirib bir yoqlik qilishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Avvaliga ular bu o‘zgarishni, o‘zlari aytganidek, sodda tarzda, yumshoq shaklda, yirik rus biznesi atrofida dumaloq raqslarni olib borishga harakat qilishdi, unga ko‘z suzib iltifotlarni ham kanda qilmasdilar. Ajablanarlisi shundaki, agar rossiyalik milliarderlar (aldashga uringanlar) ro‘yxatiga nazar tashlasangiz va uni hozirda sanksiyalar ro‘yxatida bo‘lganlar bilan solishtirsangiz - hatto aktivlari va boshqa mol-mulkini muzlatish bilan ham - ro‘yxatlar deyarli bir xil ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Keyin, ko‘p narsa noto‘g‘ri bo‘lganida, bir nechta ruslar chiroyli so‘zlarga uchib biznes ustidan nazoratdan voz kechmoqchi bo‘lganlari uchun favqulodda jazo chorasiga - ekspropriatsiyaga duchor bo‘lishdi.
Buni Davosda geografik jihatdan hal qilishganmidi? Albatta, yo‘q. Ammo, buni siyosiy Davosda hal qilganlari shubhasiz ha, albatta.
Davos - hurmatli xonimlar va janoblarning kamin oldidagi suhbati emas, chunki qimmat va juda qimmat piarchilar doimo ushbu forumni jamoatchilik tasavvuriga shunday ko‘rsatishga harakat qilishadi.
Davos - globalistlar ekspansiyasini rivojlantirish rejalari ishlab chiqadigan shtab-kvartira. Har qanday strategiyada bo‘lgani kabi, bu yerda ham arzimas va mayda narsalar yo‘q. Yuzlab milliardlab investitsiyalarni taqsimlash jamiyatning qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj. Greta Tunbergni yaratgandan so‘ng (bu amazonkani - iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashchini boshqa kimdir eslaydimi) - unga, albatta, nutq uchun maydon yaratib berdi.
Va ekologik toza texnologiyalarga o‘tish bozori bo‘linganida, banklar bilan yashil obligatsiyalar chiqarish masalasi deyarli hal qilinganda Tunberg kerakmas bo‘lib qoldi. Uning o‘rnida bugun Davosda ushbu o‘zgarishlarda katta pullar oladiganlar va kupon yirtadiganlar bo‘lishadi.
Pandemiya paytida forum bir bekor qilindi, bir onlayn tarzda o‘tkazildi. Amerikaning ikkita korporatsiyasi tomonidan bot-bot reklama qilingan RNK vaksinasi (hozir Pfizer va Moderna nojo‘ya ta’sirlarga to‘la shubhali tibbiy preparatni kim birinchi o‘ylab topgani bo‘yicha sudda kurashishmoqda) mutaxassislar aytganidek, kovidni yo‘q qilib tashlay olmadi, biroq pullarni oshirishga xizmat qildi. Faqat Yevropa Ittifoqi o‘nlab milliard yevroga profilaktik dori dozasini sotib oldi.
Bu yilgi forum, agar rasmiy dastur hamda kollokvium va muhokamalardagi ma’ruzachilar ro‘yxatiga qaralsa, globalist elitaga madhiya o‘qilgandek.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining direktorlari, Yevromarkaziy bank prezidentlari, eng yirik korporatsiyalar rahbarlari – bir so‘z bilan aytganda, o‘zini dunyoning hukmdori va egasi deb tasavvur qiladiganlar.
Albatta, ular ekologiyaga tupurib qo‘yishgan: barchasi shaxsiy samolyotlarda sayohat qiladi va uzoqroq (taqqoslaganda) shatolarga vertolotlarda olib o‘tiladilar. Iqtisodiy rejim? Bu davradagi qandaydir g‘alati so‘z - bu dunyo qudratlilarining tinchligi va uyqusini qo‘riqlayotgan harbiy kontingent kamida besh ming kishini tashkil etadi.
Bu taqqoslash uchun aytganda, Davos umumiy aholisining qariyb yarmi.
U yerda Alp qoyalariga qarab, eng toza tog‘ havosidan nafas olib yig‘ilganlar qanday qilib o‘zlarini yanada boyroq, qolganlarni esa yanada qambag‘alroq qilish masalasini hal qiladilar.
Rossiya haqida nima deyilishi aniq. Agar Yevropa shunchalar qashshoqlikka mo‘ljallangan bo‘lsa, bizlar - albatta, “o‘ninchi paket” yordamida - yana parchalanishimiz, xarob bo‘lishimiz, va boshqalar bashorat qilinishi kerak.
Rejaning birinchi qismi, agar iqtisodiy ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ehtimol amalga oshirilishi mumkin. Ikkinchisiga kelsak, ilmiy bo‘lmagan fantastikalarni Davosda sharob ochayotganlarga qoldiramiz. Biz boshqa sivilizatsiya yo‘lidan bordik va biz tanlaganimiz to‘g‘ri va adolatli ekanligiga ishonamiz.
Rossiyani qanday qilib yo‘q qilish orzusi orzusiga kelsak, unga ayb yo‘q. Faqat zarari bu orzularni o‘ylaganlarga, uni amalga oshirmoqchi bo‘lganlarga tegishi mumkin.
Yo‘q qilish istagi shunchaki chilparchin qilinadi. Tez, samarali va texnik ravishda. Abadiy bo‘lmasa ham, buni uzoq vaqtlar niyat qila olishmasin.