“Mimino” yulduzi Vaxtang Kikabidze vafot etdi

Vaxtang Kikabidze 84 yoshida vafot etdi. Uni tomoshabinlar "Mimino" filmidagi Valiko Mizandari roli orqali yaxshi tanishadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Taniqli gruzin aktori Vaxtang Kikabidze 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Sputnik Gruziya mahalliy televideniyega tayangan holda xabar bermoqda.
Kikabidze 1938-yil iyulida Tbilisida tug‘ilgan. 1978-yili SSSR davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1980-yilda Kikabidzega Gruziya xalq artisti unvoni berilgan. 2020-yildan buyon Gruziya parlamenti deputati edi.
U o‘z faoliyati davomida sovet va gruzin kinosida o‘nlab rollarni ijro etgan. Kikabidze Georgiy Daneliyaning "Mimino" filmidagi Valiko Mizandari roli bilan tomoshabinlar tanish.
Kinorejisser Georgiy Daneliya s ispolnitelyami glavnix roley v filme "Mimino" Vaxtangom Kikabidze i Frunzikom Mkrtchanom, 1977 god