TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Nepalning “Yeti Airlines” aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti halokat uchradi, deb xabar bermoqda “The Kathmandu Post” gazetasi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Pokxara aeroportida ro‘y bergan. Samolyot Pokxaradan Katmanduga uchishi kerak bo‘lgan.
Aviakompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortida 68 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan.
Nepal bosh vaziri Pushpa Kamal Daxal Vazirlar mahkamasining tezkor yig‘ilishini o‘tkazishga qaror qilgan. Tegishli vazirliklarga hodisa sabablarini aniqlash va tezkor qutqaruv ishlarini samarali o‘tkazishni topshirgan.