Milliy antidoping qoidalari ishlab chiqiladi va joriy etiladi

O‘zbekiston antidoping qoidalari bilan respublikada faoliyat yuritib kelayotgan sportchilar va sport tashkilotlarining mutaxassislari tanishtiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda milliy antidoping qoidalari ishlab chiqiladi va joriy etiladi. Bu Yoshlar siyosati va sport vazirligi jamoatchilik muhokamasiga chiqargan qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.
Antidoping qoidalari 2024-yil yanvarigacha ishlab chiqilishi belgilangan. U bilan Milliy antidoping agentligi va Yoshlar siyosati va sport vazirligi shug‘ullanadi.
Milliy antidoping qoidalari bilan respublikada faoliyat yuritib kelayotgan sportchilar va sport tashkilotlarining mutaxassislari tanishtiriladi.
Quyidagilar amalga oshiriladi;
- antidoping nazoratining samarali tizimini joriy etish;
- sportda taqiqlangan dori vositalari va boshqa moddalar bo‘yicha yillik ro‘yxat ishlab chiqish;
- davlat va nodavlat (televidenie va radio, davriy nashrlar) va elektron (veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar) ommaviy axborot vositalari orqali doppinga qarshi kurashish mavzusida chiqishlarni tashkil etish;
- milliy antidoping agentligi mutaxassislarini xorijiy antidoping tashkilotlari malaka oshirish safariga yuborish.
Milliy antidoping agentligiga yangi rahbar tayinlandi