Toshkent teleminorasi bundan roppa-rosa 38-yil ilgari ochilgandi. Uni 1978-yilda bunyod etish boshlangan va 1985-yil 15-yanvarda foydalanishga topshirilgan.
Teleminorasining balandligi 375 metrni tashkil qiladi. Bu Markaziy Osiyodagi ochiq kuzatuv maydonchalariga ega eng baland binolardan biridir.
Strukturaning umumiy massasi 6 ming tonnadan ortiq. Inshoot balandligi 93 metr bo‘lgan uchta “oyoq” ustida joylashgan va 9 balli zilzilaga bardosh bera oladi.
Shuningdek, teleminora hududida ikkita aylanadigan restoran mavjud.
Ulug‘vor inshoot qanday qurilgan, mashhur “Koinot” restoranida qanday taomlar pishiriladi, bino yana necha yil turishi mumkin va yana ko‘p narsalar haqida – Sputnik reportajida bilib oling.