TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani dashtlarida havo harorati -32 darajagacha pasaydi. Bu haqda Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Havoning bunday pasayishi hududda bulduruq hodisasini yuzaga keltirdi. Bu esa tabiatning ajoyib ko‘rinishini aks ettirgan.
Tabiatning bu hodisasi bulduruq (izmoros) deyiladi. U qalin tuman sabab ko‘rinuvchanlikning 50 metrgacha cheklanganida hamda haroratning 0 darajadan past bo‘lganida ro‘y beradi.
Namlikka o‘ta to‘yingan havo tarkibidagi suv kristallashib daraxt shoxlari, simliklar va simog‘ochlarga yopishib qoladi. Ya’ni qirov atrofni qor kabi qoplab oladi.