TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Turkmaniston mamlakatdagi birinchi yer osti gaz omborini quradi. Bu haqda RIA Novosti “Neytral Turkmeniston” gazetasiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatda tijorat gaz zaxiralarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yoqilg‘i energetika kompleksi qurilishi haqida Turkmaniston prezidenti ishtirokidagi Hukumat yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Gaz omborini qurishga xalqaro amaliyotga muvofiq, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, loyihalash, jihozlash va qurilish ishlari uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb etiladi.
“Prezident Serdar Berdimuhamedov ma’ruzani tinglab, gaz resurslaridan oqilona va samarali foydalanish muhimligi hamda ishonchli xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada oshirish choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidladi”, deya ta’kidlaydi “Neytral Turkmaniston”.
Ma’lumot uchun, Turkmaniston tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha Rossiya, Eron va Qatar bilan bir qatorda dunyoning birinchi to‘rtta davlati qatoriga kiradi.