Toshkentda oxirgi 50-yillikdagi eng sovuq harorat qayd etildi - video

“O‘zgidromet”ga ko‘ra, poytaxtda 13-yanvar kuni -19,8 daraja sovuq havo harorati ro‘yxatga olingan. Mazkur ko‘rsatkich oxirgi yarim asrlik uchun eng minimum haroratdir.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Toshkentda oxirgi 50-yillikdagi eng sovuq harorat qayd etildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida 13-yanvar kuni -19.8 daraja sovuq havo harorati ro‘yxatga olingan. Mazkur ko‘rsatkich poytaxt uchun oxirgi yarim asrlik uchun eng minimum haroratdir.
Toshkentda 2007-2008 yilning qish oylarida harorat minimumi -17.4 darajagacha pastlagan. Hozirgi sovuq antisiklon 2008-yil qishidagi o‘tmish antisiklondan kuchli.
Respublika bo‘yicha minimum harorat Qoraqalpog‘istonning Usturt platosi "Qoraqalpoq" posolkasida ro‘yxatga olingan bo‘lib, o‘tgan asrning 70-yillarida sovuq antisiklon stansiyada haroratni -40 daraja sovuqqacha pasayishiga olib kelgan.
Shuningdek, hozirgi antisiklon bu yog‘iga biroz kuchsizlanib bormoqda, ammo O‘zbekiston keyingi haftalargacha uning ta’sirida bo‘lib turishi ta’kidlandi.